21:38 / 08.08.2015
1875

Fransiyaning Kale shahrida muhojirlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan namoyish bo‘lib o‘tdi

Fransiyaning Kale shahrida 8 avgustda muhojirlarga muruvvatsiz muomala qilinayotganiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Aynan shu shahardan La-Mansh ostidagi tunneldan Buyuk Britaniya hududiga uchinchi davlatlarning minglab vakillari o‘tishga harakat qilmoqdalar

Namoyishda asosan turli huquqni himoya qilish va insonparvarlik tashkilotlarining faollaridan iborat 200ga yaqin odam ishtirok etdi.

Namoyishchilar Fransiya va Buyuk Britaniya hukumatidan sayyoramiz vakillarining dunyo bo‘ylab erkin harakatlanishi va turar joyini o‘zgartirishi imkoniyatini himoya qiluvchi Inson huquqlarining umumiy deklaratsiyasi qoidalariga amal qilishlarini talab qilmoqdalar. Namoyish avvalambor joriy yilning boshidan beri tunnel orqali Buyuk Britaniyaga o‘tmoqchi bo‘lib, vafot etgan 12 nafar noqonuniy muhojirning xotirasiga bag‘ishlandi. Bu odamlar poyezdlar lokomotivlari, yuk poyezdlari va yuk mashinalariga chiqishga urinishda, ba'zilari tunnelga kiraverishdagi terminallarga olib boruvchi yo‘llarda halok bo‘lgan.

Top