23:07 / 08.08.2015
5139

Hindistondagi qishloqda 5 nafar ayol jodugarlikda ayblanib o‘ldirildi

Hindistonning Jarkhand shtatida mahalliy aholi jodugarlikda ayblangan 5 ayolni o‘ldirdi, deb xabar bermoqda NDTV agentligi.

Politsiyada ma'lum qilinishicha, kechki payt asosan yoshlardan iborat bo‘lgan bir guruh mahalliy aholi vakillari 5 ayolni uyidan olib chiqib, ularni o‘lasi qilib tayoqlar bilan kaltaklashgan. Ayollar olingan jarohatlardan halok bo‘lishgan.

Politsiya vakilining aytishicha, shu voqea sababli 50 nafar kishi qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, bunday qotilliklar Hindistonda muntazam ravishda sodir etib turiladi. Hindiston jinoyatlarni hisobga olish milliy byurosining ma'lumotlariga ko‘ra, 2000 yildan 2012 yilgacha davr mobaynida 2 mingdan ko‘proq shunday jinoyat sodir etilgan.

Top