18:59 / 08.08.2015
2017

Italiya Superkubogi uchun o‘yinda "Yuventus" "Latsio"ni mag‘lub etdi

Xitoyning Shanxay shahrida "Yuventus" va "Latsio" klublari o‘rtasida Italiya Superkubogi uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda turinliklarning mavsum arafasida xarid qilingan ikki futbolchisi Manjukich hamda Dibala kiritgan ikkita gol Italiya Superkubogi "Yuventus"ga nasib etishini ta'minladi.

Qayd etish joizki, bu uchrashuvda "Yuventus" o‘tgan mavsumda Italiya chempioni va mamlakat Kubogi egasi bo‘lgan jamoa sifatida qatnashdi. "Latsio" esa o‘tgan mavsumda Italiya Kubogi uchun o‘tkazilgan finalda ham "Yuventus"ga mag‘lub bo‘lgandi.

YuventusLatsio 2:0
Gollar: 1:0 – 69 Manjukich, 2:0 – 73 Dibala.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Bardzali, Kaseres, Evra, Sturaro (Pereyra, 90), Pogba, Koman (Dibala, 61), Markizio, Lixtshtayner, Manjukich (Lorente, 80).
Latsio – Marketti, Xentiletti, de Vrey, Radu, Basta, Onazi, Felipe Anderson (Morrison, 87), Kataldi (Kishna, 75), Bigliya, Kandreva, Kloze (Jorjyevich, 61).

Top