17:28 / 08.08.2015
1792

Loran Blan: Di Mariya "PSJ"ga YeChLni yutishda yordam berishi uchun olib kelindi

"PSJ" bosh murabbiyi Loran Blan jamoaning yangi transferi Anxel Di Mariyaning xarid qilinishi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bizning maqsadimiz nafaqat ichki chempionatda, balki YeChLda ham yorqin o‘yinlar namoyish etishdan iborat. Endi bizda juda yaxshi yana bir futbolchi bor. Biz Di Mariyani transfer qilish uchun uzoq vaqt urindik va nihoyat buni amalga oshirdik.

Men uning jamoamizga o‘tganidan xursandman. U jamoaning o‘yin sifatini oshiradi va bizni yangi darajaga olib chiqadi. Di Mariya bizga YeChLda g‘olib bo‘lish uchun kerak", deydi Blan.

Top