19:22 / 08.08.2015
1619

Marotta "Inter"ning yangi mavsumda "Yuventus" uchun asosiy raqib bo‘lishiga ishonmoqda

"Yuventus" jamoasining bosh direktori Juzeppe Marotta o‘z jamoasining yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishi haqida aytdi.

Uning ishonch bildirishicha, "Inter" bir necha mavsumdan buyon Italiyada gegemonlik qilayotgan "Yuventus" uchun asosiy raqib bo‘ladi.

"Menimcha, bizga chempionlik poygasida asosiy raqib bo‘ladigan jamoa bu "Inter"dir. Ularning yozgi transferlar davomida qilgan ishlarini kuzatdim. Biz esa yarim himoyachi izlayapmiz. Oladigan futbolchimiz yulduz bo‘lishi shart emas. Lekin u jamoamiz saviyasiga mos kelishi kerak. Balki Gyottse, balki Draksler shunday futbolchidir. Biz ularga rostdan ham qiziqish bilan qaramoqdamiz, lekin haqiqiy muzokaralarga kirishganimiz yo‘q", deydi Marotta Goal nashriga.

Top