12:05 / 08.08.2015
2653

Minglab polyaklar Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta muhojirlar ishtashlashini o‘tkazishadi

Buyuk Britaniyada ishlovchi minglab polyaklar mamlakat tarixidagi birinchi ishchi muhojirlar ishtashlashida ishtirok etishlari kutilmoqda, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

Ushbu namoyish 20 avgustga belgilangan va Buyuk Britaniya o‘zining iqtisodiy muammolarida muntazam ravishda muhojirlarni ayblab kelishidan norozi bo‘lgan odamlarning polyak forumlarida olib borgan munozarasining natijasida yuz bermoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, norozilik namoyishi norasmiy xarakterga ega va hech qanday bir kasaba uyushma manfaatlarini himoyalamaydi. Tadbir ishtirokchilari “Yetar! Bizni ayblashni bas qiling!” degan yozuvga ega qizil futbolkalarni kiyib olishadi.

Polyak jamoatchiligi Buyuk Britaniyadagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Yarim milliondan ziyodroq polyaklar sog‘liqni saqlash, qurilish va umumiy ovqatlanish sohalarida mehnat qiladilar.

Top