10:54 / 08.08.2015
15503

NASA Marsda sayr qilib yurgan “sirli ayol” suratini chop etdi

AQShlik olimlar Mars sirtida uzun ko‘ylakda yurgan ayol silueti aks etgan fotosuratni chop etdilar.

Qizil sayyoradan olingan navbatdagi g‘ayritabiiy suratlar internetda qizg‘inlik bilan muhokama qilinmoqda. G‘ayritabiiy hodisalarni o‘rganuvchi ufologlar NASAning oxirgi suratlarida Mars bo‘ylab sayr qilib yurgan sirli ayolni ko‘ra oldilar.
Ushbu suratlar Qizil sayyora sirtidan bungacha talaygina turli sirli suratlarni yuborgan Curiosity marsoxodi tomondan olingan. Bu gal ushbu surat “vahimaliligi” bilan oldingi barcha suratlarni ortda qoldirdi. Marsda odam qiyofasidagi jonzotning bo‘lishi mumkinligining o‘zi vahimaga solgani yetmaganidek, ayolning tashqi ko‘rinishi uning bu yerga boshqa davrdan kelib qolgani haqidagi o‘ylarga soladi. Ba'zi mutaxassislar ayol uzun plash kiyib olgan desalar, boshqalari uning 19 asrlarga xos uslubdagi uzun ko‘ylak kiyib olganini taxmin qilishmoqda.
Vaziyatga tetik qaraydigan boshqa bir ekspertlar fotosuratdagi ayolning silueti shunchaki soyalar o‘yini sababli yuzaga kelganini ta'kidlashmoqda. Ushbu surat turli tekshiruvlardan o‘tkazildi.

Top