20:26 / 08.08.2015
2369

OAV: Forbes nashri “Forbes Ukraina” nashri egasidan litsenziyani olib qo‘ymoqchi

AQShning Forbes nashriyot uyi “Forbes” jurnalini Ukrainada chop etish huquqini beruvchi litsenziyani Sergey Kurchenko ismli shaxsga tegishli “UMH Group” xoldingidan olib qo‘yish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda, deb xabar bermoqda “Ukrainskaya pravda” nashri.

Kuni-kecha Ukrainadagi Forbes o‘z domenini forbes.ua’dan forbes.net.ua’ga o‘zgartirdi. Nashrning ta'kidlashicha, Ukrainada .UA zonasida yuqori bosqichdagi domenini agar sayt egasida savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgani haqidagi guvohnoma bo‘lsa olish va undan foydalanish mumkin.

“UMH Group” domenning o‘zgartirilishiga hech qanday izoh bermagan. Forbes tahririyati bu holat yuzasidan rasmiy izoh berilishini kutmoqda. Biroq ukrain Forbes’ining bosh muharriri Mixail Kotov bunga izoh berishdan bosh tortdi.

Forbes Media esa o‘z navbatida bu holat yuzasidan hakamlik sudiga da'vo arizasi topshirmoqchi va nashrning yangi egasi jurnalda senzura kiritgani haqidagi ma'lumotlarga asoslanib, undan litsenziyani olib qo‘ymoqchi.

Top