21:11 / 08.08.2015
4443

O‘zbekiston Oliy ligasining 17 tur o‘yinlari yakunlandi

Bugun Oliy liga, 17-tur o‘yinlari davom etdi. Bugungi o‘yinlarda dastlab Samarqandning "Dinamo" klubi o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. "Dinamo" bu g‘alabadan keyin 17 uchrashuvda 14 ochko jamg‘argan holda jadvalning 13 pog‘onasidan joy olgan.

"Dinamo" - "Buxoro" 2:0
Gollar: Mamatkazin 6, Boboqulov 47
"Dinamo" - Melnichuk, Mamatkazin, Zokirov, Shotursunov, Boboqulov, Agaliyev, Sharofiddinov, Filiposyan, Yunusov, Abdusalimov.
"Buxoro"- Qobuljonov, Narzullayev, Ayupov, Sanoyev, Melziddinov, Antonyuk, Ibragimov, Smolyachenko, Georgiyev, Fomin, Chipev.

Shuningdek bugunga "Metallurg" - "Navbahor", "Andijon" - "Mash'al", "Neftchi" - "Lokomotiv", "So‘g‘diyona" - "Sho‘rtan", "Paxtakor" -"Qo‘qon-1912", "Nasaf" - "Olmaliq" o‘yinlari belgilangandi.

"Metallurg" - "Navbahor" 2:3
Gollar: Mahamadjonov 14, Dilshod Jabborov 54, Nurmatov 76, Erkinov 83, Nurmatov 90+2
"Navbahor": Akmal Ortiqov, Alisher Samatov, , Ilhom Boydedayev, Qahramon Mahamadjonov, Robbim Hasanov, Dilshod Jabborov, Tohir Shamsitdinov, Bobur Akbarov, San'at Shixov, Alisher Mahmudov, Shahboz Erkinov.
"Metallurg": Zafar Safoyev, Hikmat Hoshimov, Doniyor Odilov, Ayubxon No‘'monov, Aleksandr Kovalyov, Ruslan Vagapov, Mirg‘iyos Sulaymanov, Murod Toshmatov, Said Abdujabborov, Javlon Mirabdullayev, Shahzod Nurmatov.

"Navbahor" bu g‘alabadan keyin 22 ochko bilan sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilgan. "Metallurg" esa 25 ochko bilan turnir jadvalining 7 pog‘onasida turibdi.

"Andijon" - "Mash'al" - 1:0
Gol: Iqbol Boboxonov (70 pen)
"Andijon": Gennadiy Moshnyaga, Davron Tursunov, Iqbol Boboxonov, Asqar Jadigerov, Abdumalik Abdullayev, Rustam A'zamov, Javlon Guseynov, Iqbol Akramov, Sanjar Asqaraliyev, Umurillo Ramazonov, Asror Rahmonov.
"Mash'al": Sanjar Quvvatov, G‘iyosjon Komilov, Jahongir Jiyamurodov, Humoyun Murtozayev, Abbos Shodmonov, Siroj Hamroyev, Mirzohid G‘ofurov, Zohir Qo‘ziboyev, Dilyaver Abibullayev, Mikita Bukatkin, Zafar To‘rayev.

"Andijon" bu turda nihoyat g‘alaba qozondi va ochkolari sonini 14taga yetkazib, 14 o‘ringa joylashdi. "Mash'al" esa 18 ochko bilan 11 o‘rinda qolmoqda.

"Neftchi" - "Lokomotiv" - 1:2
Gollar: Abduxoliqov 32, Bobojonov 35, Mamazulunov 81
“Neftchi”: Cheremisin, Po‘latov, Yoqubov, Xolmatov, Bobojonov, Irmatov, Ubaydullayev, Kashkaval, Rahmonov, Maxstaliyev, Qodirov
“Lokomotiv”: Nesterov, Yo‘ldoshev, Rahmatullayev, Abduxoliqov, To‘rayev, Hasanov, Mustafoyev, Shoahmedov, Aliboyev, Yanichich, Zoteyev

"Neftchi" mag‘lubiyatlar seriyasini davom ettirib, beshinchi o‘ringa tushib ketdi (33 ochko). Ikkinchi o‘rindagi "Lokomotiv" hisobida esa endilikda 40 ochko mavjud.

"Paxtakor" -"Qo‘qon-1912" - 4:1
Gollar: Kozak 33, Sergeyev 40, Kozak 43, Haydarov 68, Maxaradze 90+3
"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Ismatullayev,Oraxovats, Xoshimov, Sohibov, Maxaradze, Kozak, Andreyev, Pardayev, Sergeyev.
"Qo‘qon-1912": Ashurov, Nikolayev, Golban, Kimsanov, Nurboyev, Qobilov, Hasanboyev, Eminov, Usmonov, To‘xtaboyev, Otaqo‘ziyev.

"Paxtakor" navbatdagi yirik g‘alabadan keyin o‘z yetakchiligini mustahkamlagan (44 ochko, birinchi o‘rin). Turnir debyutanti "Qo‘qon-1912" esa 14 ochko bilan 13 o‘rinda qoldi.

"So‘g‘diyona" - "Sho‘rtan" - 0:2
Gollar: Polvonov 48, Polvonov 50
"So‘g‘diyona": Spiridonov, Hamidov, Hakimov, Muzaffarov, Rahmatov, Qosimov, Begimqulov, G‘aniyev, Kletskov, Bahodirov, Isoqjonov.
"Sho‘rtan": Tojiboyev, Taran, Polvonov, Eshmurodov, Kamolov, Stanoyevich, Boymatov, Sharipov, Mamadaliyev, Jo‘rayev, Qorayev.

Turnir autsayderlaridan biri Jizzaxning "So‘g‘diyona" Qashqadaryoning "Sho‘rtan" jamoasiga mag‘lub bo‘lib, eng so‘nggi o‘rinlardan birini egallab turibdi (13 ochko, 15 o‘rin). "Sho‘rtan" esa 18 ochko bilan 10 o‘rinda ketmoqda.

"Nasaf" - "Olmaliq" - 2:0
Gollar: Allaniyazov 30, Gadoyev 49
"Nasaf": Suyunov, Karimov, Shomurodov, Gevorkyan, Boydullayev, Gadoyev, A'zamov, Muhammadiyev, Hamrobekov, Sayfiyev, Allaniyozov
"Olmaliq": Xonimqulov, Hojiakbarov, Gogol, O‘runov, Jo‘rayev, Salomov, Jo‘raboyev, Inomov, Akbarov, Abdumo‘minov, Yovanovich.

"Nasaf" bu g‘alabadan keyin "Bunyodkor"ni to‘rtinchi o‘rinda qoldirib, uchinchi o‘ringa qaytdi - 38 ochko. "Olmaliq" esa oltinchi o‘rindan tushib ketmadi - 28 ochko.

Turning 7 avgust kuni o‘tkazilgan birinchi o‘yinida "Bunyodkor" jamoasi "Qizilqum"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Top