23:26 / 08.08.2015
2386

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi “Nur Otan” partiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2006 aprelidan 2007 sentabrigacha Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlagan Asqar Mirzaxmetovni “Nur Otan” partiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi.

Bu hada Nazarboyevning qarorgohi Oqo‘rdaning tvitterdagi akkauntiga iqtibos keltirgan holda BNews.kz xabar berdi.

Asqar Mirzaxmetov 1962 yilda tavallud topgan. Qishloq xo‘jaligi va iqtisodiy yo‘nalishlarida tahsil olgan. Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.

1991-1977 yillar davomida bir qator xo‘jalik sub'yektlari va jamoat tashkilotlariga rahbarlik qilgan. 1997 yildan 2006 yilning yanvarigacha Qozog‘iston bosh vaziri maslahatchisi, Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazir o‘rinbosari, vazirning birinchi o‘rinbosari, vaziri lavozimlarida ishlagan.

2006 aprelidan 2007 sentabrigacha Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlagan.

2007 yil sentabridan 2009 yil martigacha “Oңtүstіk” ijtimoiy-tadbirkorlik korporatsiyasi” milliy kompaniyasi boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.

2009 yildan hozirgi vaqtgacha Janubiy Qozog‘iston viloyatining hokimi bo‘lib ishlagan.

Top