06:53 / 08.08.2015
1620

Kuvaytda Xalqaro kurash uyushmasi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 4 avgustida Kuvaytda Osiyo Olimpiya kengashi qarorgohida Xalqaro kurash uyushmasi (IKA) ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda IKA ijroiya qo‘mitasining Osiyo, Afrika, Yevropa va Pan Amerika qit'alaridan ishtirok etuvchi Dominika respublikasi, Quvayt, JAR, O‘zbekiston, Mozambik, Polsha, Gretsiya, Ukraina, Turkiya, Livan va shu kabi 15 dan ko‘proq a'zosi ishtirok etdi.  

Uchrashuvda kurashning jahondagi rivojlanishi va kurash bo‘yicha qit'a federatsiyalari faoliyati muhokama qilindi.

Yig‘ilish kun tartibiga kurash bo‘yicha qit'a federatsiyalari prezidentlarining hisobotlari, kurashning har yili o‘tkaziladigan va Hindistonning millionga yaqin maktab va kollejini qamrab oluvchi Butunhindiston maktab o‘yinlari rasmiy dasturiga kiritilishi haqidagi hisobot, joriy yilning noyabrida Eronda kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionati bo‘yicha hisobot, 2016-2018 yillar uchun xalqaro musobaqalar va anjumanlar taqvimi va IKA nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqish masalalari kiritildi. Shuningdek, ijroiya qo‘mitasi e'tiboriga yaqinda tayinlangan, IKA’ning umumiy masalalar bo‘yicha vitse-prezident vazifasini bajaruvchi O‘zbekiston vakili R.Po‘latov tanishtirildi. 

Top