8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

19:59 / 08.08.2015 4391

Shimoliy Koreya o‘zining vaqt mintaqasiga asos solmoqda

Shimoliy Koreya hukumati o‘zining vaqt mintaqasini yaratishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda The New York Times nashri.

Shimoliy Koreya Oliy xalq yig‘ini prezidiumi 15 avgustdan mahalliy vaqtni 30 daqiqa ortga surishga qaror qildi. Aynan shu kuni Shimoliy Koreya yapon okkupatsiyasidan ozod bo‘lgan kunining 70 yilligini nishonlaydi.

Ayni paytda Shimoliy Koreya Janubiy Koreya va Yaponiya bilan bir soat mintaqasida joylashgan bo‘lib, Grinvich vaqtidan 9 soat oldinda yuradi. Ta'kidlanishicha, mamlakat yangi vaqtga o‘tgach, yapon okkupatsiyasigacha bo‘lgan davrda amalda bo‘lgan bo‘lgan vaqt mintaqasiga qaytadi.

Avvalroq Shimoliy Koreya hukumati davlat muassasalari uchun ish vaqtini ertalabki soat 05:00ga ko‘chirgani ma'lum qilingandi.

Teglar

Top