10:30 / 08.08.2015
3203

Viktoriya Bekxem Spice Girls guruhining 20 yillik yubiley turnesida ishtirok etishdan bosh tortdi

O‘tgan asrning 90-yillarida mashhur bo‘lgan Spice Girls britan guruhi 2016 yilning boshida o‘zining birinchi Wannabe qo‘shig‘i chiqqaning 20 yilligini nishonlaydi. Guruh shu munosabat bilan dunyo bo‘ylab jahon turnesi o‘tkazmoqchi.
Hozirda guruhning sobiq a'zolari Jyerri Xolliuel, Emma Banton, Mel Si va Mel Bi ushbu turnega tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yuborishdi, biroq guruhning yana bir a'zosi – futbolchi Devid Bekxemning rafiqasi Viktoriya Bekxem ushbu loyihada ishtirok etishdan qat'iyan bosh tortmoqda.
Shu bilan birga Viktoriya Bekxem guruhdagi barcha qizlar bilan munosabatlari yaxshiligini va ularga omad tilab qolishini aytdi.
Yaqinda turmush qurganining 16 yilligini nishonlagan Viktoriya hozirda o‘zini to‘liqligicha turmush o‘rtog‘i va oilasiga bag‘ishlagan. Shu munosabat bilan u turneda ishtirok etish uchun oilasini tark etishni istamayapti va boz ustiga qo‘shiq kuylashga allaqachon ishtiyoqi so‘nib bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, guruhning rasmiy tug‘ilgan kuni 1996 yil hisoblanadi. 1998 yilda guruhdan Jyerri Xolliuel ketgandan keyin guruh yana bir necha yil kvartet ko‘rinishida ishtirok etib yurgandan keyin, 2001 yilda batamom tarqab ketgan. 2012 yilda guruh Londondagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun oz fursatga yana birlashgandi.

Top