00:02 / 09.08.2015
2811

“Fukusima-1” AESni ta'mirlashda bir ishchi halok bo‘ldi

Yaponiyaning “Fukusima-1” atom elektr stansiyasida sun'iy muzlik yaratish paytida 58 yoshli ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Ismi oshkor etilmayotgan erkak yer osti suvlarini tortib olish bilan shug‘ullangan. Operatsiyani bajarish paytida uning boshini vakuum tozalash avtomobilidagi sisterna lyuki qisib qolgan. Erkak shifoxonaga olib borilgan, biroq olingan jarohatlar tufayli vafot etgan.

Politsiya ushbu holat yuzasidan tergov o‘tkazmoqda. AESdagi ishlar fojia sabablari o‘rnatilgunga qadar to‘xtatib qo‘yildi.

Top