18:53 / 09.08.2015
6401

“Paxtakor”-“Qo‘qon-1912” uchrashuvida raqamlanmagan lotochiptalar sotildi

“Paxtakor”-“Qo‘qon-1912” uchrashuvida raqamlanmagan lotochiptalar sotildi. Bu haqda toshkentlik mustaqil jurnalist Bobomurod Abdulla Facebook’dagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
Aytilishicha, 8 avgust kuni o‘tkazilgan uchrashuvda u do‘sti bilan 32-sektorda o‘tirgan. Uchrashuvning birinchi taymi yakuniga yetgach, odatdagidek “Paxtakor”da lotereya o‘yini boshlangan. Ammo tekshirilganda uning tanishi kassadan xarid qilgan chipta raqamlanmagani aniqlangan. Sektorda o‘tirganlarning kattagina qismi ham o‘z chiptalari raqamlanmaganidan noligan.
Ta'kidlanishicha, 32-sektorda asosan “Qo‘qon-1912”ning muxlislari o‘tirgan.
“Vohadan kelgan mehmon “Paxtakor” stadioniga umrida birinchi marta tashrif buyurganida shunday dilxiralik yuz berganiga achindi. Stadiondan chiqayotganimizda u mashhur klubdan ham, uning stadionidan ham sal ko‘ngli qolgandek ko‘rindi”, – ta'kidladi jurnalist.

Top