14:26 / 09.08.2015
2295

Bahrayn hukumati bosh muxolif gazetaning chop etilishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Bahrayn rahbariyati mamlakatdagi asosiy muxolif siyosiy gazetaning chop etilishiga o‘rnatilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, taqiq bir necha kun muqaddam joriy etilgan edi. Gazeta milliy birlikka tahdid solish va boshqa davlatlar bilan aloqalarni buzishda ayblangan edi.
Al Wasat nomli gazeta mamlakatdagi muxolif kuchlarning asosiy minbari hisoblanadi. Axborot masalalari agentligi va gazeta rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng taqiq bekor qilindi.

Top