11:14 / 09.08.2015
2425

BMT bosh kotibi Mali va MARda halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Malidagi mehmonxonaga uyushtirilgan hujumda halok bo‘lganlarning, shuningdek, Markaziy Afrika Respublikasida o‘ldirilgan ugandalik tinchlikparvar kuchlar xizmatchilarining oilalariga o‘z hamdardligini bildirdi.

Malining Sevara shahrida joylashgan BMTning ko‘p ixtisosli kompleks missiyasiga uyushtirilgan hujumda besh kishi halok bo‘ldi. Ular orasida Ukraina, Nepal, Mali va MAR fuqarolari bor. Mehmonxonani tozalash operatsiyasi davomida to‘rt nafar xodim ozod qilindi.

Shu kunning o‘zida Ruanda tinchlikparvar kuchlari harbiy xizmatchisi o‘z hamkasblariga qarata o‘t ochdi. U 4 hamkasbini o‘ldirib, 8 nafarini yaraladi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi.

BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik Pan Gi Mun nomidan barcha halok bo‘lganlarning oilalariga ta'ziya bildirdi.

Top