16:36 / 09.08.2015
2719

FIBA Rossiyaning basketbol bo‘yicha barcha terma jamoalari xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berdi

FIBA Rossiyaning basketbol bo‘yicha barcha terma jamoalari xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq Xalqaro basketbol federatsiyasi Rossiya terma jamoasini diskvalifikatsiya qilgan edi. Sanktsiyalar barcha yoshdagi terma jamoalarga tegishli bo‘lgan edi.
“Jiddiy muhokamalardan so‘ng FIBA o‘zi o‘tkazadigan barcha xalqaro musobaqalarda bizning terma jamoamiz ishtirok etishiga ruxsat berdi. Shu bois sanksiyalar sport sohasiga doir bo‘lmaydi”, – bayonot berdi Rossiya sport vazirining o‘rinbosari Pavel Kolobkov Tokioda bo‘lib o‘tgan FIBA markaziy byurosi uchrashuvi yakunlariga ko‘ra.
Shu tariqa, Rossiyaning erkaklar terma jamoasi 5 sentabr kuni boshlanadigan basketbol bo‘yicha Yevropa chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Top