09:14 / 09.08.2015
2960

Kazan 2015: Rayan Loxte oltin medalini muxlisga sovg‘a qildi

Amerikalik suzuvchi Rayan Loxte Qozonda yakuniga yetib borayotgan suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionatining erkin usuldagi aralash estafeta (4x100 m) bahslarida qo‘lga kiritgan oltin medalini muxlis bolaga sovg‘a qildi. Bu haqda olamsport.uz nashri xabar bergan.

“AQSh terma jamoasi va shaxsan meni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlisga oltin medalni sovg‘a qilishni lozim deb topdim. U eng yaxshi muxlis”, – deya o‘zining tvitterdagi sahifasida xabar qoldirgan Loxte.

Eslatib o‘tamiz, AQSh terma jamoasi aralash estafeta bahslarida yangi jahon rekordi (3.23,05) bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Loxte ushbu jahon chempionatida 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda oltin, estafetada esa oltin va kumush medallarga ham sazovor bo‘lgan edi.

Top