09:32 / 09.08.2015
1945

Kobuldagi portlash oqibatida halok bo‘lganlardan biri AQSh harbiy xizmatchisi ekanligi aniqlandi

Kobulda sodir etilgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar ichida AQSh harbiy xizmatchisi bo‘lganligi aniqlandi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Afg‘onistonning Qunduz viloyatida sodir etilgan qo‘poruvchilik harakati natijasida bugun 22 kishi halok bo‘lgan edi. Ular orasida AQSh fuqarosi bo‘lgani Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Syuzan Raysga telefon orqali xabar qildi.
Ahmadzay Rays xonimga bu munosabat bilan o‘z hamdardligini bildirdi.

Top