08:53 / 09.08.2015
2491

Marselo Belsa 1-turdagi mag‘lubiyatdan keyinoq "Marsel" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqdi

«Marsel» bosh murabbiyi Marselo Belsa Fransiya chempionati 1-turida «Kan»dan qabul qilingan mag‘lubiyat (0:1)dan keyinoq iste'foga chiqdi.

60 yoshli argentinalik mutaxassis bu haqda o‘yindan keyingi matbuot anjumani vaqtida ma'lum qildi.

"Muxlislarga rahmat, ular men ishga kelgan ilk kundanoq qo‘llab-quvvatlab turishdi. Lekin endi men ketishim kerak. Men Fransiyadagi faoliyatimni yakunlayman va vatanim Argentinaga qaytaman", deydi Belsa.

Eslatib o‘tamiz, Belsa 2014/15 yilgi mavsum boshida «Marsel» bosh murabbiyi etib tayinlangan va mavsumni to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan edi.

Yozgi transferlar vaqtida jamoaning asosiy futbolchilari Dmitri Payye "Vest Xem"ga, Andre Ayyu "Suonsi"ga, Andre-Per Jinyak Meksikaning "Tigres" jamoasiga sotib yuborilgandi. Jamoada uzoq yillardan buyon o‘ynab kelgan Rod Fanni esa "Al-Arabi"ga yo‘l olgandi.

Top