14:32 / 09.08.2015
4445

Saakashvili: Gaydar – Rossiya targ‘ibotiga qarshi kurash vositasi

Odessa viloyati hokimi Mixeil Saakashvili o‘zining o‘rinbosari, rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Mariya Gaydarni Rossiya targ‘ibotiga qarshi viloyat miqyosiga qarshi kurashishning asosiy vositasi deb atadi. Bu haqda “24” telekanali xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, Gaydar xonimning Ukraina fuqaroligini qabul qilishi Rossiya uchun chinakam fojiaga aylandi.
“U butun boshli sulola a'zosi, va uning biz tomonga o‘tgani Rossiya uchun chinakam fojiaga aylandi”, – ta'kidladi Saakashvili.
Ilgariroq Gaydarning Ukraina fuqaroligini qabul qilgani va Rossiya fuqaroligidan voz kechgani xabar qilingan edi.

Top