10:47 / 09.08.2015
3061

Samara shahrida "Spartak" muxlisi mushtlashuv vaqtida halok bo‘ldi

Samara shahridagi "Paluba" kafesida kelib chiqqan mushtlashuv chog‘ida Moskvaning "Spartak" jamoasining yosh muxlisi halok bo‘ldi.

Manbaning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda bu hodisa bo‘yicha gumondor qo‘lga olingan. Voqea joyida tezkor guruh ish olib bormoqda.

Guvohlarning qayd etishicha, marhum "Spartak" jamoasi libosida bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, bugun "Spartak" Samarada mahalliy "Krilya Sovetov" jamoasiga qarshi chempionatning 4 turi doirasidagi uchrashuvni o‘tkazadi.

Top