08:59 / 09.08.2015
2407

Shvaynshtayger “Manchester Yunayted” safidagi ilk o‘yinidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

“Manchester Yunayted”ga o‘tgan germaniyalik yarimhimoyachi Bastian Shvaynshtayger jamoa safidagi ilk rasmiy uchrashuvidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchi Angliya Premer-ligasining 1-turida “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvning 60-daqiqasida Maykl Kerrikning o‘rniga maydonga tushdi.

“Yangi mavsumdagi “Old Trafford”da qiyin uchrashuvda qo‘lga kiritilgan birinchi g‘alaba. Men his-hayajondan to‘lib toshyapman. “Manchester Yunayted” muxlislari meni iliq kutib olganlari uchun ularga katta rahmat. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz menga juda qadrli”, deb aydi futbolchi o‘zining tvitterida.

“Manchester Yunayted”–“ Tottenxem” uchrashuvida mankunianliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondilar. Uchrashuvdagi yagona to‘pni uchrashuvning 22-daqiqasida “Tottenxem” himoyachisi Kayl Uolker o‘zining darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Keyingi turda “MYu” mehmonda 14 avgustda “Aston Villa” bilan uchrashadi, “Tottenxem” esa o‘z maydonida 15 avgustda “Stok Siti”ni qabul qiladi.

Top