17:22 / 09.08.2015
4150

Singapur mustaqilligining 50 yilligini nishonlamoqda

Singapur mustaqilligining 50 yilligini nishonlamoqda. Sana munosabati bilan davlatda katta parad, feyyerverk va avtoshou o‘tkaziladi.
Tadbirlarda o‘ng minglab odamlar ishtirok etishi kutilmoqda. Parad va uning repetitsiyasiga barcha biletlar to‘liq sotilgan.
Mustaqillik munosabati bilan qizil nuqta shaklidagi tasvirlar butun mamlakatda o‘rnatib chiqiladi. 90-yillarda Indoneziya rahbari Singapurni “bor-yo‘g‘i xaritadagi kichik bir qizil nuqta” deb atagan edi. Tasvirlar mana shu so‘zlarning aksi bo‘lib chiqib, mamlakat 50 yil ichida katta yutuqlarga erishganini ifodalaydi.
Singapur oroli 1819 yili ser Tomas Rafflz bilan kelishuv asosida Malayziyaning Johor sultonligi tomonidan ajratib berilib, Britaniya koloniyasiga aylangan edi.
1955 yili o‘tkazilgan birinchi umumxalq saylovlarida g‘alabani qo‘lga kiritgan Devid Marshall Britaniyani koloniyaga muxtoriyat berishga ko‘ndira olgan edi. 1959 yili koloniyada bosh vazir lavozimi ta'sis etilib, uni birinchi bo‘lib Li Kuan Yu egalladi. U zamonaviy Singapurning asoschisi hisoblanadi. 1965 Singapur to‘la mustaqil davlatga aylandi.

Top