21:47 / 09.08.2015
6733

Toshkentda o‘quv markazi murabbiyi abituriyentdan chet tillariga o‘qishga kirish uchun 8 ming dollar so‘radi

Toshkentdagi o‘quv markazlaridan birida dars beruvchi Nigina Samedova qo‘l ostida tahsil ko‘rayotgan abituriyentlardan birini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 8 ming dollar so‘radi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Sojida Ernazarova ismli ayol jiyani S. Rayimovni test imtihonlariga tayyorlash uchun Toshkentga olib kelib, o‘quv markaziga joyladi. Bu yerda dars beruvchi Samedova ayolning ishonchiga kirib, ingliz tili ta'limi yo‘nalishida nufuzli tanishi borligini va 8 ming dollar evaziga bu ishni hal qilib bera olishini aytdi. Ammo ayol bu firibgarlik haqida prokuraturaga xabar berdi. Natijada Samedova qo‘lga olinib, javobgarlikka tortildi.

Top