19:27 / 09.08.2015
52082

Urganchda “Yoshlar ko‘li”dagi konsert paytida yuz bergan ko‘ngilsiz voqea oqibatida odamlar halok bo‘ldi

2015 yilning 8 avgustida Xorazm viloyatining Urganch shahrida “Yoshlar ko‘li” madaniyat va istirohat bog‘ida kechki payt konsert paytida ko‘prik ustida ko‘p sonda odamlar yig‘ilishi oqibatida ko‘prik chetidagi panjarali to‘siqlarning bir qismi qulab tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Natijada ko‘prikdagi ba'zi odamlar ko‘lga tushib ketdi. Qurbonlar borligi ma'lum qilinyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning buyrug‘i bilan noxush voqeani batafsil o‘rganish, uning sabablarini o‘rnatish va oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etishni tashkil qilish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Hukumat komissiyasi tomonidan voqea joyida halok bo‘lganlar oilalariga va jabrlanganlarga ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatish va voqea tafsilotlari va sabablarini har tomonlama aniqlashtirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar majmuasi amalga oshiriladi.

Top