22:33 / 10.08.2015
4291

“Turk oqimi” gaz quvurining qurilishi 11,4 mlrd yevroga baholanmoqda

“Turk oqimi” gaz quvurining 4 ta quvuriga ega qo‘rinishining qurilishi narxi  11,4 mlrd yevroga baholanmoqda. Bu haqda “Gazprom” konsernining loyihalarni boshqarish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Aleksey Serebryakov ma'lum qildi.  

“Turk oqimi”ning bir quvuri narxi 4,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

“Loyihaning loyihaviy konfiguratsiyasi bo‘yicha gaz quvurining to‘rtta quvurini qurish ko‘zda tutilgan, bu quvurlar bosqichma-bosqich kiritiladi. Umumiy qurilish QQSsiz 11,4 mlrd dollarni, gaz quvurining birinchi quvurining narxzi esa QQSsiz 4,3 mlrd yevroga yaqinni tashkil qilmoqda”, deb aytdi Serebryakov.

Avvalroq Rossiya Turkiyaga “Turk oqimi”ning quvvatini, ya'ni bir quvurli yoki to‘rt quvurli bo‘lishini tanlash huquqini taqdim qilgani ma'lum qilingandi.   

Top