20:51 / 10.08.2015
4072

Beeline Andijon viloyatida mobil internet tezligini oshirdi

Beeline aloqa operatori Andijon viloyati hududidagi 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar berdi.

Buloqboshi, Andijon va Xojiobod tumanlarida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi va buning natijasida aloqa va mobil internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

Qo‘shimcha moslamalar o‘rnatilishi natijasida Buloqboshi, Yorboshi va Karnaychi qishloqlarida signal sifati oshdi, bu Andijon viloyati aholisiga tezkor mobil internet afzalliklaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi.

Ma'lumot uchun, Beeline brendi O‘zbekiston Respublikasi hududida MChJ “Unitel”ning savdo belgisi hisoblanadi. Kompaniya 1996 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yil 25 sentabr kuni boshlangan. Hozirgi kunda kompaniya O‘zbekiston GSM-operatorlari qatorida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. 2015 yilning II choragi natijalari bo‘yicha kompaniya abonentlarining soni 10 263 000 kishini tashkil qildi. 2006 yil 12 sentabrdan boshlab “Unitel” MChJ Beeline brendi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2008 yil 2 dekabr kuni “Unitel” kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, 3G tarmo-i ishga tushirilishi to‘g'risida e'lon qildi. 2014 yilning 4 sentabr kuni Beeline O‘zbekistonda ilk bor 4G LTE tarmog‘ini ishga tushirdi.

Top