Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Buxoroda 9-sinf bitiruvchilarini kollejga qabul qilishda pul tama qilgan bir guruh mansabdorlar qo'lga olindi
13:22 / 10.08.2015
3583

2014-2015 o'quv yilida Buxoro viloyati umumta`lim maktablarining 9-sinfini 26 759 nafar o'quvchi bitirdi. Ular keyingi ta`limni akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida davom ettirishi ko'zda tutilgan. Ammo ushbu jarayonda ulardan ayrimlari poraxo'rlik holatlariga duch keldi.

Viloyat prokurorining katta yordamchisi Sobir Qurbonovning ta`kidlashicha, o'quvchilarni kollejlarga qabul qilish davomida bir qancha holatlarda mansabdor shaxslarning ulardan pul tama qilishi kuzatilgan. Aniqlangan holatlar bartaraf qilinib, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko'rilgan.

Jumladan, Buxoro iqtisodiyot va bank kasb-hunar kollejining maslahat markazi rahbari J. Jumayeva 9-sinf bitiruvchisi D. Zaripovning hujjatlarini qabul qilish evaziga undan 200 dollar pora olayotgan paytda jinoyat ustida qo'lga tushdi.
Bundan tashqari, kollej bitiruvchilariga diplomlar berishda sodir etilgan korrupsiya holatlari qayd qilindi.

Shunday holat Buxoro avtomobil va yo'llar kasb-hunar kollejida ham kuzatildi: guruh rahbari O. Ishoqov diplom berish evaziga kollej bitiruvchisi S. Jumayevdan 150 ming so'm pora olayotganida qo'lga tushdi.

Tilga olingan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko'rildi.

  • Teglar:
Top