06:36 / 10.08.2015
2429

Chechenistonda yo‘l-transport hodisasida 7 kishi halok bo‘ldi

Chechenistonning Gudermes shahrida 4 ta avtomobil to‘qnashib ketishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi ma'lum qilmoqda.   

“Kavkaz federal avtoyo‘lida Gudermesga kiraverishda to‘rtta mashina – Toyota, ikkita Lada Priora va Kia avtomobillari to‘qnashib ketdi. Oqibatda 7 kishi halok bo‘ldi”, deb aytilmoqda xabarda.

Yana 2 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Ulardan birining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Ayni paytda YTH joyida tergovchilar ish olib bormoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, avtohalokat qurbonlari orasida Checheniston chegara xizmatining 2 nafar xodimi va IIV maxsus bo‘limining bir nafar xodimi ham bor. 

Top