16:22 / 10.08.2015
2230

Daniel Alves o‘zining beshinchi Yevropa superkubogini qo‘lga kiritishi mumkin

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Daniel Alves o‘zining beshinchi Yevropa superkubogini qo‘lga kiritishi mumkin.

Inside Spanish Football nashrining yozishicha, shunday bo‘lgan taqdirda, braziliyalik futbolchi bu borada Italiyaning «Milan» klubi sobiq sardori Paolo Maldiniga yetib oladi. Italiyalik himoyachi ham hozirgacha bu mukofotni 5 marotaba qo‘lga kiritgan.

Alves mazkur sovrinlardan bittasini «Sevilya» va 3tasini «Barselona» klubi safida qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Superkubogi uchun kechadigan uchrashuv 11 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi. Sovrin uchun Ispaniyaning bir yo‘la ikki jamoasi «Barselona» va «Sevilya» o‘zaro kurash olib borishadi. O‘yin Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Top