09:14 / 10.08.2015
2378

De Bryuyne "Chelsi" bilan o‘yingacha "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

"Manchester Siti" klubi rahbariyati "Volfsburg"ning belgiyalik yarim himoyachisi va "Chelsi"ning sobiq futbolchisi Kevin de Bryuyneni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.

Daily Mail nashrining yozishicha, "Shaharliklar" 24 yoshli futbolchini kelasi yakshanbada bo‘lib o‘tadigan "Chelsi"ga qarshi o‘yingacha sotib olishlariga ishonmoqda.

Gazetada yozilishicha, "Volfsburg" o‘z futbolchisi uchun 50 million funt so‘ramoqda. "Manchester Siti" esa futbolchiga 40 million funt va yana 6 million funtni bonus ko‘rinishida berish orqali transferni amalga oshirmoqchi.

Top