07:18 / 10.08.2015
2902

Istanbulda politsiya mahkamasidagi portlash oqibatida 7 kishi yaralandi

10 avgustda Istanbulning Sultonboyli tumanidagi politsiya mahkamasida yuz bergan portlash oqibatida kamida 7 kishi – 5 nafar politsiyachi va 2 nafar fuqaro yaralandi. Bu haqda Hurriyet gazetasining elektron versiyasi xabar bermoqda.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya mahkamasining uch qavatli binosida mahalliy vaqt bilan soat 01:00 atrofida portlash yuz bergan. Oqibatda binoda yong‘in chiqqan. Ayni paytda voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam brigadalari ish olib bormoqda. Politsiya hujumni uyushtirgan jinoyatchilarni qidirmoqda.

 

Top