21:42 / 10.08.2015
2490

Karrager: «MYu» bu mavsumda chempion bo‘la olmaydi

"Liverpul" jamoasining sobiq yarim himoyachisi Jyeymi Karrager yangi mavsumda "Manchester Yunayted" jamoasining imkoniyatlari haqida fikr bildirib o‘tdi.

Uning aytishicha, "Manchester Yunayted"ning tarkibi "Chelsi"nikidan ancha kuchsiz va sovrinlar uchun kurasha olmaydi.

"Fanatlar "MYu"ning sovrinlarni qo‘lga kiritishini istashmoqda, biroq jamoa bunga erisha olmaydi.
Nega deysizmi? Agar men "MYu"ning asosiy tarkibini Joze Mourinoga taklif qilganimda, uning qiladigan yagona tanlovi jarohatdagi Diyego Kostaning o‘rnini to‘ldirish uchun Ueyn Runini olish bo‘lardi", – deb yozadi Karrager Daily Mail nashridagi o‘z kolonkasida.

Top