18:58 / 10.08.2015
2276

Kobulda ro‘y bergan navbatdagi portlash natijasida 4 kishi halok bo‘ldi

10 avgust kuni Kobul aeroporti oldida portlash sodir etilib, 4 kishining o‘limiga va 17 kishining jarohatlanishiga olib keldi. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.

Qayd etilishcha, bu portlash mashinaga o‘rnatilgan portlovchi qurilmaning harakatga keltirilishi orqali amalga oshirilgan.

Ayni vaqtda voqea joyida politsiya vakillari va o‘t o‘chiruvchilar ish olib borishmoqda.
Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

Top