15:13 / 10.08.2015
17526

Kun.uz saytining Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun mo‘ljallangan mobil ilovasi ishga tushirildi

Mustaqilligimizning 24 yilligi arafasida Kun.uz sayti foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik. Endilikda siz O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar, tahliliy maqolalarni muntazam kuzatib borish imkoniga egasiz.

Buning uchun Google Play do‘konidan Kun.uz ilovasini mutlaqo bepul yuklab olsangiz kifoya. Ilova hajmi ham sizni qoniqtirishi aniq: atigi 2 mb. 
Agarda Google Play do‘koniga kirib mobil ilovamizni izlamoqchi bo‘lsangiz, kun.uz kalit so‘zlarini qidiruvga bering.

Ayni paytda mobil ilovadan faqatgina Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar egalari foydalanishlari mumkin. Biroq iPhone va iPad egalari bundan xafa bo‘lishmasin. Ayrim tashkiliy ishlar nihoyasiga yetishi bilanoq tez orada App Store do‘konidan ham ilovamizni yuklab olishingiz mumkin.
Ilovaning yana bir yangiligi shundaki, unda “mobil muxbir” rukni ishga tushirilgan. U orqali bizga xabar va yangiliklaringiz, o‘zingiz guvoh bo‘lgan voqea-hodisalar haqidagi surat, video tasvir hamda ma'lumotlaringizni jo‘natib, bizning mobil muxbirimizga aylanishingiz mumkin.
Saytimizda ism sharifingiz, siz jo‘natgan xabarlar muntazam chiqib turishini istasangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Mobil ilova ilk bor ishga tushirilgani bois, unda ayrim kamchiliklar mavjud bo‘lishi mumkin. Agarda shunday kamchiliklarga duch kelsangiz yoki mobil ilova bo‘yicha taklif mulohazalaringiz bo‘lsa bizga info@kun.uz elektron manzili orqali bilan bilan bog‘lanishingiz mumkin. Unutmang, biz uchun sizning fikr mulohazalaringiz qimmatli ahamiyatga ega.
Biz bilan birga bo‘ling, Kun.uz sizning saytingiz, biz siz uchun eng tezkor, eng aniq va eng xolis xabarlarni taqdim etishdan minnatdormiz!

Android-mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan yengil va qulay «KUN.UZ» mobil ilovasini bepul yuklab oling.

 

 

Top