06:51 / 10.08.2015
5488

OAV: terrorchilar Buyuk Britaniya qirolichasiga suiqasd uyushtirmoqchi

“IShID” terrorchilik guruhi tomonidan boshqariluvchi Buyuk Britaniyalik jangarilar qirolicha Yelizaveta II ga suiqasd uyushtirmoqchi. Terrorchilar 15 avgust kuni Britaniyada Ikkinchi jahon urushidagi ittifoqchilarning Yaponiya ustidan g‘alabasining 70 yilligi nishonlanishi paytida bomba portlatib yuborishmoqchi. Bu haqda Daily Mail britan nashri xabar bermoqda.

Politsiya va maxsus xizmatlar terrorchilarning rejalari amalga oshmasligi uchun yuqori darajadagi xavfsizlik choralarini ko‘rishmoqda. Qirolichaning o‘zi unga tayyorlanayotgan suiqasddan xabari bo‘lsa ham, tadbirlarda ishtirok etishdan voz kechmayapti. Bundan tashqari, qirollik oilasining boshqa a'zolari, jumladan shahzoda Charlzga, mamlakat bosh vaziri Devid Kemeronga, turli zodagonlar, urush faxriylari va harbiy xizmatchilarga ham hujum uyushtirilishi mumkinligi aytilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar Boston marafonida portlatilgan bombaga o‘xshash portlovchi qurilmani portlatishni rejalashtirmoqda.    

Top