22:00 / 10.08.2015
4802

OFK futbol federatsiyalarining yangi reytingini e'lon qildi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi a'zo mamlakatlar futbol federatsiyalarining 2015 yilning 6 avgust sanasigacha bo‘lgan yangi reytingini ma'lum qildi.

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi ushbu reytingda 9-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston klubilari 33.448 ochko jamg‘argan bo‘lsa, milliy terma jamoa 18.886 ochko yig‘gan. Shu tariqa O‘zbekistonning jami ochkolari soni 52.334tani tashkil qilmoqda.

Ushbu ro‘yxatni Janubiy Koreya 88.354 ochko bilan boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rinda Saudiya Arabistoni bo‘lsa, kuchli uchlikni Eron yakunlab bergan.

O‘zbekistongacha bo‘lgan keyingi o‘rinlarda Yaponiya, BAA, Avstraliya, Xitoy va Qatar joy olgan. Kuchli o‘ntalikni Kuvayt yakunlab bermoqda.

Ma'lumot uchun, ushbu reyting 2012 yilning 1 yanvaridan, 2015 yilning 6 avgustiga qadar klublar va terma jamoalar qayd etgan natijalarga ko‘ra hisoblangan. Navbatdagi reyting shu yilning dekabr oyida e'lon qilinadi.

Top