19:21 / 10.08.2015
4269

O‘zbekistonda 10 avgustdan boshlab 1876ta maktab yarmarkasi tashkil etildi

O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Respublika bolalar kutubxonasida maktab o‘quv qurollari, darsliklar, kiyim-kechaklar, poyabzallar ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda UzA nashri xabar bergan.

Yangi o‘quv yili arafasida mamlakatimizda ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida 10 avgustdan 10 sentabrga qadar faoliyat ko‘rsatadigan 1876 maktab yarmarkasi tashkil etildi.

Xabar qilinishicha, yirik savdo majmualari, bozorlar, 970 umumta'lim maktabida yarmarkalar o‘tkazilmoqda. Tog‘li va cho‘l hududlarida yuzga yaqin avtodo‘kon xizmat ko‘rsatmoqda. Ularda 26 turdagi o‘quv qurollari va jihozlari sotuvi tashkil etildi.

Bundan oldinroq, Toshkentdagi bozorlarda maktab yarmarkalari tashkil etilgani haqida ma'lum qilingan edi.

Top