18:06 / 10.08.2015
4299

Qozog‘istonda 4 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga olib kelgan YTHda aybdor shaxs sudlandi

Qozog‘iston sudi 4 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga olib kelgan YTHda aybdor shaxsni javobgarlikka tortdi.

Mahalliy OAVda xabar qilinishicha, DaimlerBenz 0303 15r rusumli avtobus haydovchisi mast holda Chimkent-Samara avtoyo‘lining 1 927 km uchastkasida boshqaruvni qo‘ldan chiqargan, natijada mashina ag‘darilgan.

Sud haydovchini 5 yilga ozodlikdan hamda 7 yilga mashina boshqarish huquqidan mahrum qildi.

Halokat 6 aprel kuni G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Sirim tumanida sodir bo‘lgan edi. 4 kishi halok bo‘lganidan tashqari, yana 24 kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.

Top