08:29 / 10.08.2015
3627

Qozon shahrida suzish turlari bo‘yicha JCh-2015 turniri yakunlandi

Rossiyaning Qozon shahrida suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi.

Tatariston poytaxtida 24 iyuldan 9 avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkazilgan musobaqada 190 davlatdan 2,5 ming nafarga yaqin sportchi 75ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib bordi. Jami 31ta davlat delegatsiyalari o‘z vatanlariga kamida bitta bronza medali bilan qaytgan.

Yakunda umumjamoa hisobida Xitoy terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Xitoy vakillari jami 35ta medalni qo‘lga kiritishdi. Shulardan 15tasi oltin, 10tasi kumush, yana shunchasi bronza medali hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinni 33ta (13, 14, 6) medal bilan AQSh terma jamoasi egalladi. Kuchli uchlikka Rossiya terma jamoasi yakun yasadi. Mezbonlar 9ta oltin, 4tadan kumush va bronza medaliga ega bo‘lishdi.

Jahon chempionati

Qozon, Rossiya

Medal jamg‘arish (oltin-kumush-bronza-umumiy soni)

1. Xitoy – 15-10-10 (35)

2. AQSh – 13-14-6 (33)

3. Rossiya – 9-4-4 (17)

4. Avstraliya – 7-3-8 (18)

5. Buyuk Britaniya – 7-1-6 (14)

6. Fransiya – 5-1-1 (7)

7. Italiya – 3-3-8 (14)

8. Vengriya – 3-3-4 (10)

9. Shvetsiya – 3-2-1 (6)

10. Yaponiya – 3-1-4 (8)...

Top