12:12 / 10.08.2015
3627

Sudandagi yo‘l transport hodisasida 20 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi

SUNA axborot agentligi ma'lumotlariga qaraganda, yakshanba kuni mamlakat poytaxti Xartum shahridan 240 kilometr uzoqlikda baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Noma'lum sabablarga ko‘ra odamlarni olib ketayotgan ikki yuk avtomobili to‘qnashib ketishi oqibatida 19 kishi hayotdan ko‘z yumib, 12 yo‘lovchi jarohat oldi.

Mahalliy shifoxona vakili Ahmad Abdinning xabar berishicha, hodisa natijasida 13 erkak, ikki go‘dak va 4 ayol vafot etgan.

Ta'kidlash joizki, bu kabi yirik yo‘l transport hodisalari Sudandan tez tez sodir bo‘lib turadi. Ularga asosan haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzishlari, yo‘llarning yomon ahvolda ekani va transport vositalarining nosozligi sabab bo‘ladi.

SUNA agentligining aniqlik kiritishicha, o‘tgan 2014 yilning o‘zida mamlakatda 2 ming nafardan ziyod kishi yo‘l transport hodisalari qurboni bo‘lgan, yana 5 mingdan ziyod kishi jarohatlangan.

Top