17:51 / 10.08.2015
2995

Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri oilasiga tegishli biznesining tushumi 33 barobarga oshdi

Forbes jurnalida Krasnodar o‘lkasining sobiq gubernatori, Rossiyaning amaldagi qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachyov oilasining biznesi batafsil yoritib berilgan maqola e'lon qildi.

Nashrning qo‘lidagi ma'lumotlarga qaraganda, Tkachyovlar oilasiga tegishli “Agrokompleks” xoldingi Tkachyovning 14 yillik gubernatorligi davrida 33 barobarga o‘sib, 800 mln dan 26.5 mlrd rublga yetgan. Ayni paytda xolding tarkibiga 40 korxona kiradi, ularda jami 16 ming kishi ishlaydi.

Xoldingga Krasnodar o‘lkasidagi 500ta do‘konni birlashtiruvchi chakana savdo tarmog‘i tegishli. Bundan tashqari, Tkachyovning qarindoshlari yo‘llar, restoranlar qurilishi, ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanadi va hatto olimpiada loyihalari realizatsiyasida ishtirok etishgan.

Top