17:47 / 10.08.2015
9492

To‘yga pul to‘play olmagan odam qo‘shnilarning rahmini keltirish uchun uyida sun'iy o‘g‘rilik uyushtirdi

To‘yga pul to‘play olmagan odam qo‘shnilarning rahmini keltirish uchun uyida sun'iy o‘g‘rilik uyushtirdi. Bu haqda “Postda” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, Jizzaxning Zomin tumanida istiqomat qiluvchi Tog‘aymurod ismli shaxs o‘g‘lini uylantirishga pul to‘play olmagan. To‘y muddati yaqinlashayotganidan tashvishga tushgan Tog‘aymurod bir hiyla o‘ylab topdi.

U uyiga o‘g‘rilar tushib, 10 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketganini aytdi. Qo‘shnilar darhol huquq-tartibot xodimlarini voqea joyiga chaqirishdi. Ammo dastlabki surishtiruv davrida yolg‘on fosh bo‘ldi. Jumladan, izquvarlar oila a'zolari bergan ko‘rsatmalarda nomutanosibliklar borligini aniqlashdi.

Tog‘aymurod yolg‘on guvohlik bergani uchun qonun oldida javob berdi.

Top