00:28 / 10.08.2015
8509

Ukrainalik harbiylar AQShning Humvee vezdexodlaridan shikoyat qilishmoqda

Ukrainaga yetkazilgan AQShning HMMWV (Humvee) harbiy avtomobillari Ukraina armiyasiga muammo tug‘dirmoqda. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari xizmatchisi Oleg Movchan o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi.

Movchanning aytishicha, avtomobillar eski shinalar bilan butlangan, ularga ehtiyot qismlar topish esa ancha mushkul.

“Zaxira shinalar yo‘q. Shinalar eski, ozgincha yurgandan keyin rezina qoplamasi uvalanib, darz ketmoqda. Eng katta muammo shunday pokrishkalar topish bo‘lmoqda”, deb aytdi Movchan. 

Mart oyida Ukraina OAVlarida Ukrainada Humvee avtomobillari uchun asosiy muammo ehtiyot qismlar defitsiti bo‘lishi yozilgandi. Ukrainalik harbiylar past sifatdagi dizel yoqilg‘isidan avtomobildagi filtrlar tez tiqilib qolayotganini ham ta'kidlashgan edi.

Top