18:37 / 10.08.2015
4520

Xitoyda Harbiy qism ta'minot departamenti rahbarining sobiq o‘rinbosari o‘limga mahkum qilindi

Xitoy harbiy sudi Harbiy qism ta'minot departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan general-leytenant Gu Yungshanyani o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi xabar tarqatdi.

Qayd qilinishicha, hukm ikki yil muddatga kechiktirilgan. Sud qaroriga muvofiq, ayblanuvchi mansabini suiiste'mol qilish va poraxo‘rlik kabi jinoyatlarda aybdor deb topilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq statistik tashkilotlardan biri o‘lim jazosi mavjud mamlakatlarda mazkur jazo eng ko‘p qayd etiladigan davlat sifatida Xitoyni e'tirof etgandi.

Top