01:03 / 10.08.2015
3343

Yamanda huziychilar vazir va 10 nafar siyosatchini asirga olishdi

Yamanda “Ansor Alloh” shialar harakatining isyonchi huziychi jangarilari mamlakatning texnik va kasb-hunar ta'limi vaziri Abdurazzoq al-Ashvalni asirga olishdi. Bu haqda “Al-Isloh” partiyasining portali ma'lum qildi. Al-Ashval “Al-Isloh” partiyasi (“Musulmon birodarlar” uyushmasining mahalliy bo‘limi) a'zosi hisoblanadi. 

Vazir oilasining ma'lum qilishicha, Al-Ashval Yaman poytaxti – Sanodagi uyidan chiqib ketayotganda o‘g‘irlab ketilgan. 

Shuningdek, “Al-Isloh” partiyasi rahbariyatining yana 10 vakili ham huziychilar qo‘liga tushib qolgan. Qayd etilishicha, partiya a'zolarining isyonchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilishi holatlari ko‘p kuzatiladi. 

Top