20:09 / 10.08.2015
2069

"Zenit" va "Vest Bromvich" Rondonning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

"Zenit"ning venesuelalik hujumchisi Solomon Rondon "Vest Bromvich" jamoasi safida faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda.

Sky Sports nashrining ma'lum qilishicha, "Zenit" bu futbolchisini "Vest Bromvich"ga 15 mln funt evaziga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.

Bugun ushbu 25 yoshli futbolchi yangi jamoasining "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinini tribunadan turib kuzatishi haqida aytilgan.

Inglizlar futbolchining qaror qabul qilishini kutishmoqda.

Top