10:03 / 11.08.2015
3782

Banklar hujjatlarni uzoqroq muddat saqlaydigan bo‘ldi

Markaziy bankning 5 avgustdagi qarori bilan tijoriy banklar faoliyatiga doir hujjatlarni saqlash muddatlari ro‘yxatini qo‘llash to‘g‘risidagi ko‘rsatmaga o‘zgartish kiritildi.

Quyidagi hujjatlarning saqlanish muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi:

Balans hisoblari va ko‘zda tutilmagan vaziyatlar hisoblari bo‘yicha yig‘ma kartalar va tekshiruv vedomostlari;

Birlamachi mikromoliyaviy tashkilotlar bo‘yicha hisobot kartalari va vedomostlar, filiallararo aylanma hisoblari bo‘yicha yillik aylanma vedomostlardan ko‘chirmalar, MMT hisobotlarining axborotlashtirish markazlari va hisoblash markazlari tomonidan o‘rganilishi bo‘yicha jurnallar, tabulyagrammalar va h.k.;

Fondlar, maosh limitlari va ularni taqsimlash nazorati, maosh bo‘yicha qarzdorlik va ortiqcha xarajatlar, ta'til va dam olish pullarining to‘lanishi bo‘yicha ma'lumotlar;
Pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar olish ishonchnomalari;

Binolar, inshootlar va asbob-uskuna pasportlari;

Hisobot-operatsion ish bo‘yicha yozishmalar;

Yetkazuvchilar bilan barcha turdagi moddiy-texnik ta'minot bo‘yicha shartnomalar.

Top